02 dek 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi va raqibi tasdiqlandi
Avvalroq, professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini 11 dekabr kuni o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Bugun ushbu xabar rasman tasdiqlandi.
Unga ko'ra, Abduqahhorov (18-0 10 KO) Qudratillo Abduqahhorov 11 dekabr kuni AQSHda kanadalik Kodi Krovli (19-0 9 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Avvalroq, Krovli bilan to'qnashuv turli sabablar bilan bir necha bor ortga surilgan edi.
Qayd etish lozimki, raqib ham huddi Qudratillo kabi hali prof boksda mag'lubiyatga uchramagan.
ShowTime tomonidan translyaciya qilinadigan ushbu jang oqshomining markaziy to'qnashuvida eng engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni hisoblangan filippinlik Nonito Doneyr yurtdoshi Reymart Geballodan o'z kamarlarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar