17 may 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Saul Alvares WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi
Boks bo'yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares navbatdagi jangini francuz bokschisi Kristian Mbilliga qarshi WBC jahon chempionilik kamari uchun o'tkazadi.
Bu haqda Riyadh Season matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy malumotlarga ko'ra, jang 12 sentyabr kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.
Saul faoliyati davomida 63 ta g'alabaga erishgan bo'lib, ularning 39 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan. SHuningdek, u uch marta mag'lub bo'lgan va ikki jang durang deb topilgan.
Mbilli esa professional boksda 30 ta g'alabaga ega. Ularning 24 tasi nokaut bilan yakunlangan. U hali mag'lubiyatga uchramagan, yana bir jang esa durang deb baholangan.
Havola :
Manba : Riyadh Season
Fikrlar