08 avg 08:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Suhrobbek Otajonov Octagon League chempionlik kamari uchun jang qiladi + POSTER
Xabar berganimizdek, 5 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 91 turniri tashkil etiladi.
Liga matbuot xizmati turnirning ikkinchi asosiy bellashuvini (co main event) elon qildi.
Unga ko'ra, eng engil vazn toifasida Liga reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Suhrobbek Otajonov Octagon 91 musobaqasida Tojikiston vakili, reytingning beshinchi pog'onasidagi Amirxon Atoxonov bilan to'qnash keladi.
Ahamiyatlisi, jang eng engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.

Havola :
Manba : octagonleague
O’xshash yangiliklar
17:30
Rasman! Octagon League Toshkentdagi keyingi turniri va uning markaziy jangini elon qildi (POSTER) 0
Fikrlar