13 apr 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Tayson Fyuri qaytmoqda, jang sanasi ham malum
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri rasman yana katta boksga qaytmoqda.
Britaniyalik engilmas bokschi taniqli promouter Frenk Uorren bilan hamkorlik qiladi. Tayson Uorren bilan bitta jang uchun shartnoma ham imzoladi.
Boxing Scene nashri xabariga ko'ra, Fyuri 9 iyun kuni Manchester shahrida ringga ko'tariladi. Hozircha uning raqibi malum emas. Tayson Fyurining so'nggi jangi 2015 yilning noyabr oyida Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazilgan va o'shanda shov-shuvli g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar