16 avg 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! UFC Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan raqamli UFC turnirining asosiy jangi elon qildi + POSTER
UFC promousheni tomonidan 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 333 turnirining asosiy jangi rasman tasdiqlandi.
Unda yarim engil vazn toifasida amaldagi chempion, avstraliyalik tajribali aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Volkanovski rossiyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan davogar Movsar Evloevga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, avstraliyalik 37 yoshli Volkanovski MMAdagi faoliyati davomida 28 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan. Mag'lubiyatlarining ikkitasini Islam Maxachevdan qabul qilib olgan. Evloev esa professional darajada o'tkazgan 20 ta jangining barchasida zafar quchgan. Movsar faoliyatida ilk bor UFC kamari uchun oktagonga ko'tariladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar