So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

02 okt 08:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman! UFC Ramazon Temirovni doping uchun qancha muddatga chetlatgani malum bo'ldi

Combat Sports Anti-Doping (CSAD) tashkiloti hamyurtimiz Ramazon Temirovning diskvalifikaciya muddatini rasman elon qildi.

Aralash yakkakurash ustamiz UFC Antidoping siyosati qoidalarini buzgani uchun bir yilga chetlatish oldi. Bu haqda promoushenning rasmiy saytida xabar berildi.

Temirovda taqiqlangan trimetazidin (TMZ) — preparati aniqlangan edi. Ushbu modda yurak etishmovchiligi va boshqa yurak kasalliklarida qo'llaniladigan, taqiqlangan UFC ADP ro'yxatidagi gormonal va metabolik modulyatorlar sinfiga kiradi. TMZ UFC ADP qoidalariga muvofiq har qanday vaqtda taqiqlangan. Taqiqlangan modda mavjud bo'lgan namuna Temirovdan 2025 yil 12 iyun kuni Tailandning Pxuket shahridagi musobaqadan tashqari davrda, keyin esa 2025 yil 4 iyulda aynan Pxuketda qayta olingan. Temirov 12 iyundan 4 iyul kuni topshirgan testi ijobiy chiqqani haqida xabardor qilinmagani sababli, ikkala holat ham UFC ADP qoidalari bo'yicha bitta qoidabuzarlik sifatida ko'riladi. 

CSAD bu mavzuda Temirov bilan atroflicha suhbatlashdi va TMZdan foydalanish faktini ochiqchasiga tan oldi. SHu bilan birga, u qo'llashdan oldin preparatning holatini tekshirmagan va uni tayinlagan shifokorga testdan o'tgan sportchi ekanligini aytmagan. Biroq, Temirov dori unga tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha buyurilganini va cheklangan vaqt davomida qo'llanilganini isbotini taqlim etdi, bu esa sport natijalarini yaxshilash uchun mumkin bo'lgan tasirni minimallashtirdi.

Malumot uchun, Ramazon Temirov UFC’da ikkita jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing