13 apr 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Usik - Gassiev jangi boshqa muddatga ko'chirildi
Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) doirasidagi hal qiluvchi final jangi yozda bo'lib o'tadi.
Finalda ukrainalik Aleksandr Usik hamda rossiyalik Murat Gassiev o'zaro to'qnash kelishadi. Tashkilotchilar final jangi muddatini o'zgartirib, yoz oylariga ko'chirishdi.
“Ayni taytda final jangini yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha ish olib boryapmiz. Bu nufuzli turnir, shu boisdan ham final nomiga mos tarzda tashkil etilishi kerak”, - deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o'tamiz, WBSS turnirining final jangi 11 may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. Jang g'olibi yangi tasis etilgan The Ring tituli, shuningdek, WBC, WBO, WBA hamda IBF chempionlik kamarlarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar