30 noy 13:13
Yangiliklar

Rasman! Vadim Nemkovning navbatdagi raqibi tasdiqlandi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yilning 25 yanvar kuni BAAning Dubay shahrida tashkil etiladigan Bellator Champions Series turnirida oktagonga chiqadi. Uning raqibi og'ir vaznda sobiq PFL chempioni Ante Deliya bo'ladi. Tashkilot ushbu jangni rasman elon qildi.
Malumot uchun, Ante Deliya 2022 yilda PFL Gran-prisi g'olibi bo'lgandi. So'nggi jangini shu yilning aprel oyida Valentin Moldavskiyga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi. Xorvatiyalik sportchi bu mag'lubiyatigacha 5 ta g'alabali seriya bilan kelayotgandi. SHu 5 ta jangining 3 tasini muddatidan avval g'alaba bilan yakunlagan edi.
Vadim Nemkov esa shu yil fevral oyida og'ir vazn toifasida muvaffaqiyatli debyut qilgandi. U Ar-Riyodda o'tgan PFL va Bellator promoushenlarining qo'shma turnirida sobiq PFL chempioni Bruno Kappelozzani ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etgandi.
Fikrlar