29 may 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Xabib Maxachevning burchagida bo'ladimi degan savolga uning o'zi javob berdi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning yakshanba tongidagi jangda Islam Maxachevning burchagida bo'ladimi degan savol ko'pchilikni qiziqtirayotgandi.
Nurmagomedov Dastin Porega qarshi kechadigan chempionlik himoya jangida Islam Maxachevning burchagida sekundant vazifasini bajaradi. Buni Islamning o'zi tasdiqladi.
"Burgut Jersiga qo'ndi, u mening burchagimda bo'ladi. Ochig'ini aytsam, men juda ham baxtiyorman. Xabib men uchun dunyodagi eng yaxshi sekundant, murabbiy, aka va do'st", — dedi Maxachev.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev o'zining uchinchi chempionlik himoya jangini bizning vaqt bilan 2 iyun kuni tongda AQSHning Nyuark shahrida amerikalik davogar Dastin Porega qarshi o'tkazadi. Bu qarama-qarshilik UFC 302 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar