09 sen 12:55
Yangiliklar
Futbol
Ravshan Ermatov: "Srechko Katanec AQSH va Meksika bilan o'yinlarda terma jamoani o'zi boshqaradi"
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda AQSH terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Kecha bosh murabbiy Srechko Katanec pasportidagi muammolar tufayli Istanbul aeroportida qo'shimcha tekshiruv uchun ushlab qolingani haqida xabar bergandik. Bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan bog'landik:
"O'FA Katanecning viza bilan bog'liq muammosini operativ tarzda hal qildi. Ayni paytda murabbiy samolyotda AQSH tomon uchmoqda. Tez orada Sent Luis shahriga etib boradi. Nasib qilsa, AQSH va Meksika bilan o'yinlarda O'zbekiston milliy terma jamoasini Srechko Katanecning o'zi maydonga boshlab tushadi", - dedi Ermatov saytimizga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar