So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

26 fev 07:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ravshan Ro'ziqulov: Tokioga to'liq tarkibda borishga harakat qilamiz

Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilgan ikki haftalik xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.

Ushbu yig'in ertadan Kiev shahrida start oladigan xalqaro xotira turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Biz yig'in yakunlari va bo'lajak turnirda ishtirok etadigan kurashchilarimizning imkoniyatlari haqida terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Ro'ziqulovdan intervyu oldik.  

- Ikki hafta davomida mashhur "Stayki" sport majmuasida mashg'ulot o'tkazdik, - deya so'z boshladi "klassik" kurashchilarimiz ustozi. - Fursatdan foydalanib, ushbu yig'inni tashkil etib bergan O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Bu juda ham muhim yig'in edi. Unda Belarus, Qozog'iston, Ozarbayjon kabi davlat terma jamoalari bilan birga kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Mashg'ulotlar yaxshi sharoitlarda hamda kuchli kurashchilar bilan kechdi. Yig'in tugashi bilanoq xalqaro turnirda qatnashishimiz ham ayni muddao bo'lyapti. Kurashchilarimiz mashg'ulotda orttirgan tajribalarini bevosita amalda sinab ko'rishadi. 

- Kurashchilarimizning bugungi jismoniy tayyorgarligi sizni qoniqtiryaptimi?

- Baribir bir yil davomida karantinda qolingani nafaqat bizga, balki dunyoning boshqa kurashchilariga ham tasir o'tkazgani bor gap. Yuqorida aytganimdek, avvaliga o'zimizda, keyin Minskda tashkil etilgan mashg'ulotlar siz aytgan jismoniy holatni maromiga etkazib olish uchun xizmat qildi. Licenzion musobaqalarimizgacha hali vaqt bor. O'ylaymanki, ungacha kurashchilarimiz optimal sport formalariga kirib oladilar. Hozirda Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi licenziyasiga ega. Qolgan kurashchilarimiz Qozog'iston va Bolgariyada o'tkaziladigan licenzion turnirlarda ushbu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qilishadi. Asosiy maqsadimiz - Tokioga to'liq tarkibda yo'l olish. Buning uchun yigitlar musobaqalarda borlarini berib ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing