18 may 11:13
Yangiliklar
Ravshan Ro'ziqulovni tabriklaymiz!
Ravshan Ro'ziqulov - 1985 yil 18 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Sportchilik faoliyatida Doxa-2006 Osiyo o'yinlari, Osiyo chempionatlari sovrindori bo'lgan va jahon chempionatlarida ham bir necha bor yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. U kishining murabbiylik faoliyati terma jamoamiz tarixida keskin burilish yasadi deb bemalol ayta olamiz.
Zero, klassik kurashchilarimiz o'tgan yil licenzion dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga 3 ta yo'llanmaga ega bo'ldi. Mana shunday yuqori natijalar samarasi o'laroq Ravshan Ro'ziqulov 2019 yil “Milliy sport mukofoti” tanlovida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasida g'olib bo'ldi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi Ravshan Ro'ziqulovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.
Fikrlar