08 noy 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Ravshan Umurzoqov Ekaterinburgda navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional bokschimiz Ravshan Umurzoqov kecha Ekaterinburgdagi boks oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga ukrainalik Zoravor Petrosyan raqiblik qildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlar bir ovozdan Petrosyanning g'alaba qozonganligini qayd etishdi.
Malumot uchun, Umurzoqovning prof boksda o'tkazgan janglari soni 12 taga etdi. Bungacha u 10 ta jangida g'alaba qozongan (7 ta nokaut). Kechagi jangda Ravshan ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Ukrainalik bokschi esa prof boksda 10-0 (4 ta nokaut) rekordga ega.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar