24 avg 09:43
Yangiliklar

Rayan Beyder: Ha, yutqazdim, lekin menda yana bitta chempionlik kamari bor!
Nemkov yakshanba tongida nomdor raqibini texnik nokautga uchratib, yarim og'ir vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi. Ayni paytda Beyder og'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'lib turibdi. Yani, u Nemkovga qadar bir yo'la ikki vaznda Bellator chempioni edi.
"Albatta, bu biz kutgan natija emas. Lekin bu katta o'yin. Ha, men mag'lubiyatni yomon ko'raman. Nachora, bu shavqatsiz o'yinda mag'lubiyatga ham tayyor turish kerak. Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Meni qo'llab-quvvatlaganlardan minnatdorman. Yana ham masuliyat bilan ishlashda davom etaman. Bitta kamarimni boy berdim. Menda yana bitta - og'ir vazn toifasi kamari qolmoqda. SHunday ekan, yanada kuchli bo'lib qaytaman", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Beyder.
Fikrlar