18 sen 17:12
Yangiliklar
"Rayan Garsiya faqat faoliyatini tugatgan jangchilar bilan jang qilmoqchi" - Terens Krouford
Suhbat davomida Krouford Garsiyaning mag'lubiyatsiz bokschi emasligi va asosan yoshi katta yoki faoliyatini yakunlagan raqiblarga qarshi jang qilishni xohlayotganini hazilomuz tarzda takidladi.
— Biz "Qasoskorlar" jamoasi bo'lishimiz mumkin edi. Hammamiz mag'lubiyatsiz edik. Afsuski, u (Garsiya) mag'lubiyatsiz emas.
— Lekin fikringcha, u haqiqatan ham sen bilan jang qilmoqchimi?
— Balki. Bilmayman.
— U axir Menni Pakyao bilan ham jang qilmoqchi edi. Sen bilan ham, Pakyao bilan ham. Hamma bilan jang qilmoqchiligini aytadi. Errol Spens haqida nima deysan?
— U aytgan uch kishining hammasi deyarli faoliyatini tugatgan. Ha, uchalasi ham. Ular orasida faqat Pakyaogina hali rasman faoliyatini yakunlamagan, — dedi Krouford.

Fikrlar