26 fev 18:55
Yangiliklar
Rayan Garsiya O’Melliga qarshi "qafas"ga kirishga rozilik berdi, SHon taklif javobini uzoq kuttirmadi
Garsiya UFC chempioni SHon O’Melli bilan jang qilmoqchi.
"Men SHon O’Melli bilan UFC oqshomida jang qilishga tayyorman. Lekin Dana, buning uchun menga haqiqiy chek yozib berishingga to'g'ri keladi", - dedi Garsiya.
UFC chempioni bu chorlovning javobini uzoq kuttirmadi.
"Men seni bir necha daqiqa ichida yo'q qilaman", - dedi O’Melli.
"Juda yaxshi, kamalaksoch, orani ochiq qilish uchun bitta yo'l bor. Dana, kel bu ishni amalga oshiramiz", - deya fikrini davom ettirdi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, 9 mart kuni Mayamida o'tkaziladigan UFC 299 turnirida SHon O’Melli o'z kamarini Marlon Veradan himoya qiladi. Rayan Garsiya esa 20 aprel kuni engil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Devin Xeyniga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang g'olibi birinchi yarimo'rta vaznda WBC kamarini qo'lga kiritadi.
Fikrlar