So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

08 iyu 08:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

Razambek Jamalov - Olimpiada, Bekzod Abdurahmonov va boshqa mavzularda gapirdi

Asli chechenistonlik erkin kurashchi, Rossiya chempioni, jahon Kubogi g'olibi, hozirda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Razambek Jamalov Budapesht xalqaro musobaqasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston, yaxshi qabul qilganingiz uchun rahmat! Bu menga ishonch bag'ishlaydi. Ular meni juda yaxshi kutib olishdi. Ajoyib sharoitlar yaratib berildi. Men bularning bari uchun minnatdorman va yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilaman. 

Bizda vazifa bor edi. Bu musobaqada kim yaxshi ishtirok etsa, o'sha Olimpiadaga borishi aytilgandi. Bugun g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldim. Men bu vazifani bajardim. Albatta, raqibim Bekzod Abdurahmonov ancha tajribali, mehnatkash, inson sifatida ham ancha yaxshi do'st. Unga mustahkam sog'lik tilayman. Agar men unga kerak bo'lib qolsam, har qanday vaqt va vaziyatda bunga tayyorman. Unga yodramim tegsa, faqat xursand bo'laman. 

Menda dunyodagi eng yaxshi murabbiylar bor. Men buni jasorat bilan ayta olaman va shunga ishonaman. Ular bilan maslahatlashib ish qilamiz. Olimpiada mening orzum edi. Bu mening Olimpiadam! Hozirgi kayfiyatim shunday", dedi Jamalov.

Eslatib o'tamiz, kecha Razambek Jamalov reyting seriyasiga kiruvchi Budapesht xalqaro turnirining g'olibiga aylangan edi. Abdurahmonov esa musobaqadagi ishtirokini yarim finalda yakunlagandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing