21 fev 13:13
Yangiliklar

Real APLdan 75 million evroga himoyachi sotib olmoqchi
Real Madrid yozda himoya chizig'ini kuchaytirish uchun APLdan markaziy himoyachi sotib olmoqchi.
«Qirollik klubi» «Everton» azosi Jerred Brentueyt bilan shartnoma tuzmoqchi. Ushbu transfer madridliklarga 75 million evroga tushishi mumkin. «Everton» himoyachini aynan shu summaga sotishni maqsad qilgan.
Malumot uchun, 22 yoshli himoyachi joriy mavsum 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning inglizlar bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallagan. Transfermarket futbolchini 42 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar