29 iyu 18:42
Yangiliklar
"Real" yangi xaridlar uchun yozda etti nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin
"AS" nashrining xabariga ko'ra, klubdagi bir nechta futbolchilarning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
Istiqbollari mavhum bo'lib turgan o'yinchilar qatoriga himoyachi Raul Asensio, qanot himoyachisi Fran Garsiya, yarim himoyachilar Eduardu Kamavinga, Orelen Tchuameni va Franko Mastantuono, shuningdek, hujum chizig'i vakillari Braim Dias va Gonsalo Garsiya kiradi.
"Real" shu yozda klubga qaytgan va kuchaytirilishi kerak bo'lgan yo'nalishlarni allaqachon belgilab bergan Joze Mourinyu boshchiligida tarkibni yangilamoqchi. Bazi futbolchilar bilan xayrlashish madridliklarga nuqtali xaridlarni amalga oshirish imkonini berishi kutilmoqda. Bundan oldin klubning markaziy yarim himoyachi va vingerga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar