28 apr 19:06
Yangiliklar
SHaxmat, Futbol
"Real" yoki "Barsa"? Javohir Sindarov qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
Grossmeyster Javohir Sindarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislar bilan muloqot qildi.
U muxlisining "Nima uchun "Barselona"ni yaxshi ko'rasiz?" degan savoliga javob qaytardi.
"2013 yildan beri Messining katta muxlisiman. 2014 yilgi Jahon chempionatidagi mag'lubiyatni va o'shanda qanday yig'laganimni eslayman, ammo oradan 8 yil o'tib u chempion bo'lganida, u uchun juda xursand bo'lganman. Messining "Barselona"dagi o'yinlarini eslayman va o'shandan beri men bu jamoaning katta muxlisiman", - deb yozdi Sindarov.

Havola :
Manba : instagram.com/javokhir_sindarov
Fikrlar