So’nggi yangiliklar

19:05Туркиянинг ТОП клуби Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда 0 18:41Макгрегор Холлоуэйдан устун жиҳатларини айтди 0 18:05Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаев ва Илия Топуриянинг мағлубиятларига муносабат билдирди 0 17:22"Октагондан ташқарида UFC’дагидан ҳам кўпроқ даромад топмоқда". Хирн Том Аспиналл ҳақида гапирди 0 16:59Европанинг 4 та клуби скаути ўзбекистонлик футболчини кузатди 0 16:19Нодирбек Абдусатторов: "Бу аламли бўлган эди..." 0 15:51Султонов Загребдаги турнирнинг 1/4 финалига чиқди 0 15:22Яна бир эркин курашчимиз RAF билан шартнома имзолади, у юлдузли кардда жанг қилади 0 14:49Ўзбекистон терма жамоаси машғулотида тўрт футболчимиз умумий гуруҳда шуғулланмади 0 14:12Дзюдочиларимиз иштирокида ўтадиган Qingdao Grand Prix 2026 турнирига қуръа ташланди 0 13:46Жангга икки кун қолганида Нурсултон Рўзибоевнинг ҳолати қандай? (ФОТО) 0 13:00Фарғонада Олимпиада чемпиони номидаги бокс мажмуаси фойдаланишга топширилди 0 12:34Конго ДР бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда таваккал қилишимизга тўғри келади, чунки..." 0 12:03Шон О`Мэлли Оқ уйдаги жанги учун қанча гонорар олганини очиқлади 0 11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0

29 avg 08:51
Yangiliklar

Regbi

Regbi va chim ustida xokkey sportining mutasaddilari bilan onlayn uchrashuv

Yurtimizda o'yin sport turlarini yanada rivojlantirish, terma jamoalarimizni qita va jahon arenalaridagi nufuzini tiklash maqsadida yangi loyihalar ustida muhokamalar olib borilmoqda.

Kecha MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati regbi hamda chim ustida xokkey federaciyalari mutasaddilari bilan onlayn uchrashuvda mazkur sport turlarini yanada rivojlantirish borasida fikr almashishdi.

Regbi yurtimizda nisbatan yosh, chim ustida xokkey esa o'tmishda shonli tarixga ega sport turi hisoblanadi. Zero, Sobiq Ittifoq davrida “Andijanka” jamoasi chim ustida xokkey bo'yicha bir necha bor mamlakat chempioni bo'lgan, terma jamoaning asosini ushbu klub o'yinchilari tashkil etardi. Sportchilarmiz esa jahon chempionati va Olimpiadalarda ishtirok etib etib kelishgan.

Biroq bugungi davrga kelib, har ikki sport turida boshqa o'yin sport turlarida bo'lgani kabi asosiy terma jamoaning muntazam shug'ullanishi uchun sifatli maydonning yo'qligi, o'quv-mashg'ulot yig'inlarining doimiy tashkil etilmasligi kabi muammoli masalalar bong urib kelgan. Bugun terma jamoa tarkibini yana bir karra saralab, ularning shug'ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, inventar va yig'inlar uchun etarli mablag'lar ajratish kabi masalalar muhokama qilindi. O'z navbatida MOQ rahbari mazkur yig'ilish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Yillar davomida shunday ajoyib sport turlarini biroz beetibor qoldirib kelganmiz. Sportchilar uchun maydon topish, haqiqatda ham, asosiy masalalardan biri. Murabbiylarimiz va federaciya mutasaddilari kerakli joylarni tanlab olishsa, maydon topish masalasini hal qilishga yordam beramiz. Keyingi qadamda viloyat bo'limlari faoliyatini kuchaytirish kerak. SHunda terma jamoani yanada kuchaytirish mumkin”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Uchrashuv davomida MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati sportchilarning karantin qoidalariga amal qilgan holda mashg'ulotlarni davom ettirishlarini so'rab qolishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing