23 apr 08:01
Yangiliklar
Velosport
Renata Baymetova: Velosport salomatlik uchun foydali
Velosport bo'yicha terma jamoamiz azosi Renata Baymetova o'zi haqida gapirib berdi va barchani uyda mashg'ulot olib borishga chorladi.
Men Rinata Baymetova, velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azoasiman. Ushbu sportdagi faoliyatimni 2012 yilda boshlaganman. Velosportga otam boshlab kelganlar.
Nima uchun aynan velosportni tanlaganman? Bu salomatlik uchun foydali.
Mashg'ulotlarimni CHirchiq shahrida o'tkazaman. Ayni paytda murabbiyim Abregov Yusuf Saidusmanovich. 2019 yili Toshkent shahrida o'tkazilgan shosse bo'yicha Osiyo chempionati sovrindoriman. SHuningdek, Osiyo ubogi, xalqaro turnirlarda sovrindor bo'lganman. O'zbekiston chempionati g'olibiman.
Ayni paytda uyda shug'ullanyapman va sizlarni ham shunga chorlab qolaman.
O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar