06 avg 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 331 turniri uchun Brayan Ortega ishtirokidagi qiziqarli jang elon qilindi + POSTER
UFC 19 sentyabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan UFC 331 turniridan o'rin olgan navbatdagi jangni rasman elon qildi.
Turnir doirasida engil vazn toifasi reytingida 10-o'rinni egallab turgan braziliyalik Renato Moykano AQSH vakili Brayan Ortegaga qarshi revansh jangi o'tkazadi.
37 yoshli Renato Moykano UFCdagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. U engil vazn toifasida chempionlik uchun davogar bo'lgan. Hozirga qadar UFCda 14 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. 35 yashar Brayan Ortega esa UFCda 2015 yilda debyut qilgan. U yarim engil vazn toifasida chempionlik uchun davogar sifatida oktagonga chiqqan. Amerikalik jangchi UFCda shu kungacha 8 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatga ega.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar