17 avg 17:50
Yangiliklar
Sport kurashlari
Restart. Erkin kurash bo'yicha Belarus chempionati o'tkazildi
Minsk shahrida 23 yoshgacha (U-23) bo'lgan erkin kurashchilar o'rtasida Belarus chempionati bo'lib o'tdi.
Karantindan keyingi ilk chempionatga Respublika olimpiya zaxiralari kolleji kurash zali mezbonlik qildi. Ikki kun davomida jami 83 nafar ishtirokchi 10 vazn toifasida medallar uchun gilamga chiqishdi.
57 kg vaznda Islam Guseynov, Dmitriy SHamelo, 74 kg vazn toifasida Davud Alizalov, Aleksandr Pavlyuchenko singari erkin kurashchilar musobaqa kashfiyotiga aylanishdi. CHempionat yakuniga ko'ra Belarus terma jamoasi shakllantirildi va endi g'oliblar oktyabr oyida Qozon shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Birinchi MDH o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar