09 okt 17:03
Yangiliklar

Restartga ikki hafta qoldi. Budapesht dunyo dzyudochilarini kutib ol!
Restart Budapeshtdan boshlanadi. Vengriya poytaxti 23-25 oktyabr kunlari oralig'ida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.
Turnir boshlanishiga roppa-rosa ikki hafta qolgan bir paytda unda ishtirok etish istagini sayyoramizning 5 qitasi 79 davlatidan jami 610 (370 erkak, 240 ayol) nafar dzyudochi bildirgan. Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) musobaqalar bo'limida ushbu rasmiy malumot aks etgan.
Reja bo'yicha Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Hozirda dzyudochilarimiz Ilias Iliadis boshchiligida bo'lajak musobaqaga so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borishayapti.
Malumot uchun, "Katta Dubulg'a" turnirlari g'oliblari 1000 reyting ochkosini qo'lga kiritishadi. Ikkinchi o'rin egalari 700, bronza medal sohiblari esa 500 ochkoga ega bo'ladilar.
Fikrlar