25 iyu 11:48
Yangiliklar
Sport kurashlari
Retro! 2006 yilning kuzi... aeroport, gul ko'targan go'zallar, karnay-surnay avji, yaxshi kayfiyatdagi Salim aka yohud sport kurashchilarimizni kutib olish marosimidan FOTOREPORTAJ
Saytimizning "Retro!" sahifasida yaqin o'tmishning tarixga muhrlangan musobaqalaridagi ajoyib suratlarni etiboringizga havola qilishda davom etamiz.
2006 yilning 25 sentyabr - 1 oktyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tgandi. Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 3 ta medal bilan 8-o'rinni egallagandi.
Terma jamoamizga oltin medalni erkin kurashchimiz Artur Taymazov taqdim etgan edi. U final bellashuvida rossiyalik Kuramagomed Kuramagomedovni mag'lubiyatga uchratgandi. Erkin kurashchilarimizdan Soslan Tigiev (74 kg) va Zaurbek Soxiev (84 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishgan edi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar