28 iyu 14:32
Yangiliklar
Revansh olindi! Davlat Bobonov bronza medali uchun tatamiga chiqadi, navbatdagi raqib aniq
Erkaklar o'rtasidagi -90 kg vazn toifasi bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvi o'z nihoyasiga etdi. Unda bir oy avval Vengriyada o'tkazilgan jahon chempionatining finalida to'qnash kelgan ispaniyalik Nikoloz SHerazadishvili hamda hamyurtimiz Davlat Bobonov uchrashishdi.
Xabar berganimizdek, bu ikki dzyudochi shu kungacha o'zaro uchta bellashuvda ro'baro' kelishgan va barcha uchrashuvlarda asli gruziyalik 25 yoshli Nikolozning qo'li baland kelgan edi. Bu safar esa O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi SHerazadishvilini "golden skor" hisobiga mag'lubiyatga uchratdi va mag'lubiyatlar uchun revansh oldi. Endi u Tokio Olimpiadasi bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
U bronza medali uchun Turkiya dzyudochisi Mixael Zgankka qarshi bahs yuritadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 15:20 dan so'ng boshlanadi.
Fikrlar