14 apr 07:52
Yangiliklar
Reytingda o'zidan 364 pog'ona yuqoridagi raqibni taslim etgan Sultonov asosiy to'rga yo'l oldi
Quvonarlisi, hamyurtimiz Humoyun Sultonov saralashning har ikki uchrashuvida ATP reytingida o'zidan sezilarli darajada yuqorida borayotgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralashning 1/2 finalida ettinchi raqam ostida tasniflangan yaponiyalik Yuki Mochizukidan 6/3, 6/4 hisobida ustun kelgandi. Sultonov final bahsida saralashda uchinchi raqam ostida saralangan avstraliyalik Tay Sachni 7/6(6), 6/3 hisobida engishga muvaffaq bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 802, Mochizuki 578, Sach 507-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 8, Tay 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Humoyunda ko'proq bo'ldi - 2 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ertaga Humoyun Sultonov asosiy to'rning ilk davrasida musobaqaga imtiyozli ravishda qo'yilgan xitoylik Aoran Vangga qarshi kortga chiqadi. Mezbon tennischi reytingning 911-pog'onasidan joy olgan. Ushbu bahs bizning vaqt bilan ertaga tonggi soat 07:00da boshlanadi.

Fikrlar