30 jan 08:30
Yangiliklar
Tennis
Ribakina Australian Open natijalariga ko'ra Top-3`ga qaytadi
Avstraliya Ochiq chempionatining 1/2 finalida Jessika Pegulani mag'lub (6/3, 7/6 (7) etgan dunyoning beshinchi raketkasi Elena Ribakina turnir yakunlariga ko'ra WTA reytingining kuchli uchligiga qaytadi.
Qozog'istonlik tennis malikasi amerikaliklar Amanda Anisimova va Koko Goffni ortda qoldiradi. Ribakina Arina Sobolenkoga qarshi finalning istalgan natijasida reytingning uchinchi raketkasiga aylanadi. Bu bilan u shaxsiy rekordini takrorlaydi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar