11 iyu 14:05
Yangiliklar
Tennis
Ribakina dunyoning uchinchi raketkasiga aylanadi, Mayya Top-10`da debyut qiladi
Qozog'istonlik tennis malikasi Elena Ribakina hamda braziliyalik Beatris Xaddad Mayya "Rolan Garros" yakunlari bo'yicha reytingdagi o'rinlarini yaxshilab olishadi.
Ikkinchi davradan keyin ishtirokini yakunlagan Ribakina dunyoning uchinchi raketkasiga aylanadi. Turnirdan oldin u to'rtinchi pog'onada edi. Yarim finalchi Xaddad Mayya esa 14-o'rindan 10-o'ringa ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, "Rolan Garros" turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida amaldagi chempion polshalik Iga Svyontek yana bir bor g'alabani tantana qilgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar