30 jan 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Richard Torres ishtirokidagi Eliminator jangi sanasi elon qilindi
Havaskor boksda Bahodir Jalolovga ikki bor yutqazgan Richard Torres superog'ir vaznda IBF kamari uchun o'tkaziladigan davogarlar jangida ringga chiqadi.
Insayder Den Rafaelning so'zlariga ko'ra, bir qator kelishmovchiliklar va muzokaralardagi kechikishlardan so'ng, Sanches va Torres jang qilish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Frenk Sanches (25-1, 18 nokaut) va Richard Torres (13-0, 11 nokaut) o'rtasidagi ushbu Eliminator jangi 28 mart kuni bo'lib o'tadi. Ushbu oqshomning asosiy jangi Sebastyan Fundora va Keyt Turman o'rtasida bo'lib o'tadi.
IBF Eliminator jangi g'olibi Aleksandr Usik egalik qilayotgan chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar