18 fev 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Richard Torresning Frenk Sanchesga qarshi final eliminator jangi tasdiqlandi (POSTER)
Avval xabar berganimizdek, super og'ir vazndagi amerikalik prof bokschi Richard Torres IBF kamari uchun yakuniy eliminator jangida qatnashadi.
Frenk Sanches (25-1, 18 nokaut) va Richard Torres (13-0, 11 nokaut) o'rtasidagi ushbu Eliminator jangi 28 mart kuni bo'lib o'tadi.
Torres hamkorlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi jangni rasman tasdiqladi.
Oqshomning asosiy jangi Sebastyan Fundora va Keyt Turman o'rtasida bo'lib o'tadi.
IBF Eliminator jangi g'olibi Aleksandr Usik egalik qilayotgan chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, Richard havaskor boksda hamyurtimiz Bahodir Jalolov bilan ikki marotaba to'qnash kelib, har ikkisida mag'lubiyatga uchragan.

Havola :
Manba : Top Rank
Fikrlar