So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

14 iyu 08:52
Yangiliklar

Tadbirlar

Rigada MDH va Boltiqbo'yi MOQ vakillari ishtirokida mintaqaviy forum o'tkazildi

Latviya poytaxti Riga shahrida MDH va Boltiqbo'yi Milliy olimpiya qo'mitalari rahbarlari uchun mintaqaviy forum bo'lib o'tdi.

Forumni Latviya Milliy olimpiya qo'mitasi Olimpiya birdamligi va MDH Milliy Olimpiya qo'mitalari Associaciyasi ko'magida tashkil qildi. Unda O'zbekiston Milliy olimiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan yig'ilishda forum ishtirokchilari Olimpiya sport turlari rivoji, Olimpiya harakati bo'yicha o'zaro fikr almashishdi, taqdimot o'tkazib, o'z maruzalari bilan ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda Olimpiya Xartiyasi tamoyillarini buzmagan holda sport rivoji yo'lidagi harakat va targ'ibotni olib bormoqda. Barcha MOQlarning maqsadi bitta, uslublar esa o'zgacha. Forumda 15 mamlakat vakillari Olimpiya harakati, Olimpiya talimoti, talabalar sporti kabi masalalarni ham muhokama qilishdi. SHuningdek, Sport tibbiyoti, fan va ommaviy axborot vositalarining bog'liqligi ham o'rtaga tashlangan muhim mavzulardan biri bo'ldi.

Ishtirokchilar bundan tashqari sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash tajribasi bilan ham o'rtoqlashishdi, muvaffaqiyatlar va turli muammolarni muhokama qilishdi. Ortda qolgan forum ishtirokchilar uchun haqiqiy axborot maydoni bo'ldi. Ular sport sohasidagi masalalar borasida yangi tajriba orttirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing