So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

25 apr 15:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Riko Verxuven: "Usik bilan jangda tarixni qayta yozaman"

Glory’ning og'ir vazndagi sobiq ko'p yillik chempioni, niderlandiyalik mashhur kikbokschi Riko Verxuven boks qoidalari asosida Aleksandr Usikka qarshi o'tkaziladigan jangi haqida gapirdi.

Ushbu jang 23 may kuni Misrning Giza ehromlari fonida bo'lib o'tadi va o'rtaga superog'ir vazn toifasida Usikka tegishli bo'lib turgan WBC chempionlik kamari qo'yiladi. 

"Usik bilan jang - bu 100 foizga mening bokschilik faoliyatimning boshlanishi, xolos. Men bu erga bokschi bo'lib qolish uchun keldim va bu jang aysbergning cho'qqisi, bu faqat boshlanishi, xolos. Yana nimaga erishmoqchiman? Men bundan keyin nima bo'lishini o'ylamayapman. Aleksandr bilan jangdan keyin nima bo'ladi? Engilmas bo'lib qolaman. Ammo hozir men faqat oldinda turgan vazifaga etibor qaratyapman, bu esa Aleksandr Usik! Ko'ramiz, keyin nima bo'larkin. Men uchun hozir eng muhimi - tarixni qayta yozish", - deya Verxuvenning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing