So’nggi yangiliklar

14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0

24 may 08:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Riko Verxuven Usikdan bahsli mag'lubiyat uchun revansh talab qilmoqda

Aleksandr Usikka qarshi jangda professional boks olamida eng katta shov-shuvga sabab bo'lishiga sal qolgan kikboks bo'yicha Glory sobiq chempioni Riko Verxuven bugungi jang natijasidan norozi ekanini aytmoqda.

Riko 11-raundning 2:59 daqiqasida texnik nokaut bilan mag'lubiyatini qayd etgan hakam jangni to'xtatishga shoshildi, deb hisoblaydi va ukrainalik bilan revanshga umid qilmoqda.

"Ha, albatta, hakam qaroridan noroziman. To'xtatishga sabab yo'q edi. Raund deyarli tugagandi - men zarbadan yiqilmadim, bir soniya hech narsani hal qilmasdi. Bir daqiqalik tanaffusdan keyin qaytib bemalol jangni yakunlay olardim. Bir raundgina qolgandi. Men buni aynan shunday ko'raman. Jangni to'xtatmaslik kerak edi. Hammasi juda yaqin edi. Men g'alabaga yaqin edim, hammasi ancha tekis edi. Har holda, menga shunday tuyuldi. SHunga qaramay, men juda faxrlanaman va minnatdorman. Bugun hammamiz tarixga kirdik", - dedi niderlandiyalik jangdan so'ng.

Misrdagi Giza ehromlari yaqinida bo'lib o'tgan jangdan so'ng darhol shou promouteri Turki Al ash-SHayx Verxuvenning vatani Niderlandiyada revansh jangi uyushtirishni taklif qildi.

"Albatta, men revansh xohlayman, lekin bu menga bog'liq emas. Imkoniyat uchun, shuningdek, Usik bu jangga rozi bo'lganidan juda minnatdorman. Revansh haqidagi qarorni men qabul qilmayman, shuning uchun bundan keyin nima bo'lishini ko'ramiz", - deya qo'shimcha qildi Verxuven.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing