16 may 09:07
Yangiliklar
Tennis
Rim "Masters". Karlos Alkaraz 135-raketkaga yutqazib qo'ydi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Karlos Alkaraz Rim "Masters" turniridagi ishtirokini erta yakunladi.
SHunga qaramay, u kelasi dushanba kuni elon qilinadigan reytingda dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanadi. Ispaniyalik uchinchi davrada ATP reytingining 135-pog'onasida borayotgan vengriyalik Fabian Marojanga 3/6, 6/7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Tennischilar kortda 102 daqiqa harakat qilishgan. Bu ularning ilk rasmiy uchrashuvi edi. Alkaraz 5, Marojan 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi venger tennischisi to'rtinchi bosqichda xorvatiyalik Borna CHorichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar