23 dek 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Ring-anonser Devid Diamante yo'l-transport hodisasidan keyin og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi
Ring-anonser Devid Diamante motocikl-falokatidan so'ng og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Baxtsiz xodisa sabab Dimante orqa miyasi, uchta joyi, o'ng tizzasidan jiddiy jarohat olgan va ko'plab qovurg'asi singan. Besh soat davom etgan operaciya davomida ring-anonserning umurtqa pog'onasiga to'qqizta vint, sterjn va donorlik materiallari qo'yilgan.
Diamante hushiga kelgan:
«Bu qiyin yo'l bo'ladi. Men jiddiy jarohat oldim, ulardan tiklanish uchun vaqt kerak bo'ladi. Men yana yurishni o'rganishim kerak, endi esa asoratlar xavfi bor. Ammo men yaxshi kayfiyatdaman va imkon qadar tezroq qaytib kelaman», - dedi Diamante.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar