So’nggi yangiliklar

07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0

20 avg 02:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Gimnastika, Taekvondo, Eshkak eshish, Tokio-2020

Rio-2016. 14-kun. O'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki yakunlandi

Bugun Olimpiadaning 14-kunida O'zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilarimiz o'z ishtiroklarini yakunlashdi.


YANGILASH


02:18. Bu orada badiiy gimnastikachimiz Anatasiya Serdyukova ham o'z ishtirokini yakunladi. Finalga chiqish uchun kuchli o'ntalikdan joy olish talab etilardi. Ammo, Nastya yakunda 17-o'rin bilan cheklandi. SHu bilan sportchilarimizning bugungi ishtiroki yakunlandi.   


02:10. Afsuski, bundan avvalgi o'tish bahsida amaldagi Olimpiada chempioni, Jahon chempionini mag'lub etgan hamyurtimiz bronza uchun kechgan uchrashuvda ozarbayjonlik polvonga yutqazib, beshinchi o'rin bilan Olimpiadani yakunladi.  


02:07. 7:9 tugadi. Polvonimiz mag'lubiyatga uchradi. Afsus. Medal yo'q.  


02:05. Ikkinchi bo'lim davom etyapti. Afsuski, Abdurahmonov 2:8 hisobida yutkazyapti


02:03. Birinchi bo'lim 4:2 hisobida ozarlik kurashchi foydasiga hal bo'ldi. 


02:02. Jabrail yana ikki ballni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Xisob 3:2, raqib foydasiga o'zgardi 


01:58. Birinchi ochkoni raqib kurashchi oldi. Bekzodni gilamdan surib chiqargani uchun, lekin shu zaxoti hamyurtimiz ikki ballni qo'lga kiritdi.   


01.57. Kurashchilar gilamda. Terma jamoamiz azosiga omad tilaymiz. 


01.55. Uning raqibi ozarbayjonlik Jabrail Gasanov bo'ladi. Birinchi Evropa o'yinlari sovrindori


01:50. Birozdan so'ng erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun gilamga chiqadi. 


00:36. Hurmatli foydalanuvchilar. Saytimizda yuzaga kelgan texnik nosozliklar uchun uzr so'raymiz. Bizni shuningdek tvitter, telegram va feysbuk ijtimoiy tarmoqlarida kuzatishingiz mumkin.


00:30. Kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov esa amerikalik raqibi Jordan Barrozini mag'lub etdi va bronza medali uchun jangda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.


00:10. Afsuski, Nigora chorak finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi.


23:30. Birozdan so'ng Nigora Tursunqulova yarim finalga chiqish uchun ozarbayjonlik sportchiga qarshi jang qiladi.


22:48. Qoyil! Juda qiziqarli kechgan jangda hamyurtimiz rossiyalik raqibidan revansh ola bildi va g'alaba qozondi! Yana bitta final bor! Umumiy hisobda uch nafar bokschimiz Olimpiada finaliga chiqdi!


22:34. Fazliddinning jangi boshlandi! Olg'a, O'zbekiston!


22:30. Hozir esa yana bir O'zbekiston - Rossiya to'qnashuvi boshlanmoqda. Hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov Vitaliy Dunaycev bilan jang qiladi. Yana bitta final bo'ladi nasib qilsa!


22:29. Zoirov finalda rossiyalik bokschi Misha Allayanga qarshi ringga chiqadi.


22:25. G'oibnazarovning jangi esa 5 daqiqadan so'ng boshlanadi.


22:22. Gimnastikachimiz Anastasiya Serdyukova birinchi chiqishidan so'ng 26 nafar sportchi ichida 9, ikkinchi chiqishida esa 16-natijani qayd etdi. Birozdan so'ng uchinchi chiqish bo'ladi.


22:12. SHahobiddin finalda! G'alaba!


22:08. SHahobiddin ikkinchi raundni ham o'z foydasiga hal qildi. Yana bitta final yaqin o'rtoqlar!


22:05. Birinchi raundda hamyurtimizning qo'li baland keldi.


22:00. Jang boshlandi!


21:50. SHahobiddinning jangiga 10 daqiqa qoldi! Kutamiz!


21:10. Rossiyalik kurashchi finalga yo'llanma oldi. Endi hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medallari uchun kurashishi mumkin. Bu yo'lda uning ilk raqibi amerikalik Jordan Barrouz bo'ladi. Ushbu jang bugun tunda, Toshkent vaqti bilan soat 00:05 da boshlanishi lozim.


21:00. SHahobiddin Zoirovning yarim final jangiga bir soat vaqt qoldi!


20:20. Nigora Tursunqulovaning ilk jangining videosi saytimizga joylandi. Tomosha qilmaganlar bo'lsa :)


20:10. Rahmonovning kubalik raqibi chorak finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, yosh sportchimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati qolmadi. Bekzod Abdurahmonovni mag'lub etgan rossiyalik kurashchi esa yarim finalga chiqdi.


20:00. Nikita qo'shimcha vaqtda imkoniyatni boy berib qo'ydi... SHu tariqa Rafalovich uchun Olimpiada yakunlandi.


19:44. Endi Nikita Rafalovich tunislik raqibiga qarshi dayanga chiqmoqda. Omad tilab qolamiz Nikitaga!


19:40. Nigora endi bugun soat 23:55 da ozarbayjonlik sporchiga qarshi jang qiladi.


19:15. Yaxshiii! Nigora ikkinchi raqamli taekvondochiga qarshi jangda g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


19:00. Ayni paytda taekvondochimiz Nigora Tursunqulova shveciyalik raqibiga qarshi jang o'tkazmoqda.


18:50. Afsuski, Bekzod rossiyalik raqibiga yutqazdi. Agar rossiyalik sportchi finalga chiqadigan bo'lsa, hamyurtimizda bronza medali uchun imkoniyat bo'ladi.


18:41. Bekzod Abdurahmonov jangga chiqmoqda.


18:33. Kanoechilarimiz yarim finalda finishga ikkinchi bo'lib etib borishdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


18:02. 18 yoshli sportchimiz tajribali kubalik raqibiga 0:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi...


17:57. Abbos Rahmonov o'z ishtirokini boshlamoqda.


17:44. Birozdan so'ng erkin kurashchimiz Abbos Rahmonov kubalik raqibiga qarshi gilamga chiqadi.


17:35. Finishga eng so'nggi bo'lib kelgan sportchilarimiz finalga yo'llanma ola bilmadilar, endi ular soat 18:20 dan so'ng final saralashida o'z imkoniyatlarini sinab ko'radilar.


17:29. Boshlandi!


17:25. Yana birozdan so'ng bizning shovvozlar ishtirokni boshlaydilar. Omad tilaymiz ularga! Agar ular ushbu bosqichda birinchi bo'lib finishga etib borsalar finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.


17:10. Sportchilarimizning bugungi ishtiroklarini kanoeda eshkak eshadigan sportchilarimiz boshlab berishadi. Gerasim Kochnev hamda Serik Mirbekovlar 1000 metrga juft bo'lib eshkak eshish bahslarini soat 17:29 da boshlashlari rejalashtirilgan.


17:05. Bugun quyidagi sportchilarimiz Olimpiadada ishtirok etadilar:


Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov - (Kanoeda eshkak eshish, juftlik, 1000 metr) - 17:29

Abbos Rahmonov - (Erkin kurash, saralashdan finalgacha) - 18:00 dan keyin

Bekzod Abdurahmonov - (Erkin kurash, saralashdan finalgacha) - 18:00 dan keyin

Anastasiya Serdyukova - (Badiiy gimnastika, saralash) - 18:20

Nigora Tursunqulova - (Taekvondo, saralashdan finalgacha) - 19:00

Nikita Rafalovich - (Taekvondo, saralashdan finalgacha) - 19:45

SHahobiddin Zoirov - (Boks, yarim final) - 22:00

Fazliddin G'oibnazarov - (Boks, yarim final) - 22:30



17:00. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. Bugun Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarning ishtirokidan onlayn malumotlar taqdim etishni boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

+4   
19 avg 23:44:06
Shahzodbek
Eee davrani kengroq oling bokschilarimiz o‘ynasin. Vachaaaaaaaaaaaaaat avvaliga grantga o‘qishga kirdiz deb sms keldi keyin ikki bokschimizdan ajoyib g'alaba uje 5-bokschimiz finalda Islom bobomiz aytganidek BIZ HECH KIMDAN KAM BO‘MAGANMIZ, KAM EMASMIZ, KAM BO‘MEMIZ HAM. SHUNDAY yurtda yashayotganimdan faxrlanaman
+2   
19 avg 23:20:36
Is Moi LoVe
Bilasizmi? G'oyibnazarov raundlar bo'yicha imkoniyatni boy berib g'alaba qozondi. 1-raund 10-9, 9-10, 9-10 2-raund 10-9, 10-9, 10-9 3-raund 9-10, 9-10, 10-9 jami: 29-28, 28-29, 29-28
+2   
19 avg 20:40:18
SarvarPARKENTLIK 2706
Ajabo. Kuraw bilan futbol örtasida ajoyib bog'liqlik bor ekan. Har holda bizda bu narsani ilgaw qiyin kechmadi. Odatda futbolchilarimiz agar öyinda i qilib qöyiwsa keyinga chiqiw uchun öwa özlarini yutgan kamandani keyingi öyinlarida közlarini mo'ltiratib, qölida kalkulyator hisoblaganda muhlis bövoliwadi. Bugun kurawchilarimiz ham wu axvolda. Begzod Abduraxmonovni qarenda özi rossiyaliga yutqizdiyu endi rus bachchani chorak va yarim final changlarida chapak cholib ötiradi. Finalga chiqqinda iwqilib, wunda man bronzaga kurawaman deb. Aytilachi ilk bosqichdayo qay axvoldaligi malum bop qolgan kurawchiga raqibga bunaqa "muxlisli" qiliw yarawadimi...
+2   
19 avg 17:38:08
Eriko-724
Vadim Menkov, Vadim Menkov! yo'qliging bilinyapti
+1   
19 avg 23:43:43
Shahzodbek
Eee davrani kengroq oling bokschilarimiz o‘ynasin. Vachaaaaaaaaaaaaaat avvaliga grantga o‘qishga kirdiz deb sms keldi keyin ikki bokschimizdan ajoyib g'alaba uje 5-bokschimiz finalda Islom bobomiz aytganidek BIZ HECH KIMDAN KAM BO‘MAGANMIZ, KAM EMASMIZ, KAM BO‘MEMIZ HAM. SHUNDAY yurtda yashayotganimdan faxrlanaman
+1   
19 avg 21:15:20
Wrestler
Ajax Amsterdaam foydalanuvchining fikriga javob berish
Erkin kurashda shunaqa pozor bilan chiqib ketsaga??? Axir bu kurash,bizning milliy sportimizku??? Xaa bokschilarimizni boshimizda ko'tarib yursak xam arzirkan. Qolgan galvarslarni bexafsala ishtroklarini ko'rib,kunimiz ularga qolganda xozir Qirg'iziston va Gvatemala davlatlari bilan bittagini bronza uchun talishib yotgan bo'lardik
Erkin kurash milliy sportimiz emas u Amerikada paydo bolgan adashmeng
+1   
19 avg 19:09:57
SarvarPARKENTLIK 2706
8 ta kurawchini örniga bitta Artur Taymazovni böynidan boglab bölsayam oboriw kerak edi...
+1   
19 avg 18:57:07
Ajax Amsterdaam
Erkin kurashda shunaqa pozor bilan chiqib ketsaga???
Axir bu kurash,bizning milliy sportimizku???
Xaa bokschilarimizni boshimizda ko'tarib yursak xam arzirkan.
Qolgan galvarslarni bexafsala ishtroklarini ko'rib,kunimiz ularga qolganda xozir Qirg'iziston va Gvatemala davlatlari bilan bittagini bronza uchun talishib yotgan bo'lardik
+1   
19 avg 18:24:15
KAYZER23
tashriff foydalanuvchining fikriga javob berish
Тангриев халиям олимпиадада юрибди. Мана битта саёхатчи. Келавер булди, ютказганинг качон эди? Гапирса гап куп... Текин мехмонхона, текин овкат... Маза...
Haq gap!!! Hech bo'masa Rishodday bronza olib qo'yib o'shaqqa qob ketsayam maylidi.
+1   
19 avg 18:22:11
AlexiS_DaN
tashriff foydalanuvchining fikriga javob berish
Тангриев халиям олимпиадада юрибди. Мана битта саёхатчи. Келавер булди, ютказганинг качон эди? Гапирса гап куп... Текин мехмонхона, текин овкат... Маза...
Саёхатчи булиб боргани рост, лекин яна битта нарса, барча ТЖ спортчилари иштирокларини якунлаб хозир боксчиларимизга залдан мухлислик килишяпти, делегация куллаб кувватламаса, мухлис йук
+1   
19 avg 17:15:12
Goriskiy.sity
Bugun ikkala bokischimiz 100%lik ĝalaba bilan yutishadi finalga olĝa
   
20 avg 09:56:40
Doniyor.Uzb.com
AlexiS_DaN foydalanuvchining fikriga javob berish
http://www.championat.com/olympic/news-2554208-boksjor-dunajcev-proigral-v-polufinalnom-boju-i-stal-bronzovym-prijorom-oi.html
рахмат
   
20 avg 06:51:56
best_uzbek
Salom
   
20 avg 06:51:14
best_uzbek
Salom hammaga olg'a Uzbekistan
   
20 avg 03:08:21
Yaxshiodam
Фикр қолдириш. Миша Алоян анча кучли. Унга карши факат аник зарбалар керак. Озарнинг негрини ичига кириб уриш керак узок масофада юткизамиз. Факат якиндан уриш керак. Клинч зарба зарба клинч. Хуллас олтинлар муборак.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing