So’nggi yangiliklar

19:37Чирчиқда Ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат Кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:16Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи яхшигина пул талаб қилган 0 18:55"UFC Махачев-Чимаев жангининг ўтказилишига йўл қўймайди" - Исламнинг жамоадоши 0 18:34"Бу дақиқаларни интизорлик билан кутяпман". Пимблетт орзусини айтди 0 18:13Чел Соннен: "Ўн ёшли ўғлим Дю Плессига Чимаев муаммосини ҳал қилишда ёрдам бериши мумкин" 0 17:52Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди 0 17:31Шарапова, Уильямс ва ака-ука Брайанлар теннис Шон-шараф Залига қабул қилинди + ФОТО 0 17:10Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун Японияга жўнаб кетди (ФОТО) 0 16:49Алжамейн Стерлинг Волкановскига қарши чемпионлик жангини ўтказмоқчи 0 16:28"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи 0 16:07Майкл Чендлер Илия Топурияни мағлуб этиш имконияти энг юқори бўлган жангчини айтди 0 15:46Махачев Делла Маддаленага қарши жангдаги асосий қийинчилик нима бўлишини айтди 0 15:25Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Жаҳон чемпионатига жўнаб кетди (ТАРКИБ+ФОТО) 0 15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0

20 avg 23:55
Yangiliklar

Boks/MMA, Gimnastika, Engil atletika, Taekvondo, Eshkak eshish, Tokio-2020

Rio-2016. 15-kun. O'zbekistonlik sportchilar: SHokin bronza uchun kechgan bahsda mag'lub bo'ldi

Bugun Olimpiadaning 15-kunida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarning ishtiroklari haqida ushbu sahifada onlayn malumotlarni bilib borishingiz mumkin bo'ladi.


YANGILASH

06:00. Oltin zarbani koreyalik sportchi berdi. Afsus, kutgan sportchimiz medalni qo'lga kirita olmadi


05:58. Ekstra taym boshlandi. Oltin zarbagacha davom etadigan raund. 


05:56. Uchinchi raund yakunlandi. Hisob 3:3


05:54. Ikkinchi raund yakunlandi. Afsuski, hozircha SHokin 2:3 hisobida imkoniyatni boy beryapti. CHa Don Min oldinda


05:51. Ikkinchi raund davom etyapti. SHokin 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi


05:49. Birinchi raund yakunlandi. Hisob ochilganicha yo'q. 


05:48. Hech bo'lmaganda bronza medalini qo'lga kiritish shart. Bu sportchiimizdan hamma oltin kutgan edi.  


05:40. Dmitriy SHokin bronza medali uchun koreyalik sportchiga qarshi dayanga chiqdi. Unga omad tilaymiz. 


00:20. Bu orada Rio Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan bokschimiz Hasanboy Do'stmatovning professional boksga o'tgani malum bo'ldi. U promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.


00:05. Dima finalga chiqish uchun nigerlik sportchiga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da bo'lib o'tadi.


23:57. Bu orada Dmitriy SHokin kubalik raqibiga qarshi jang o'tkazdi va... 1:1 hisobini qayd etdi. Yakunda esa faollik uchun hakamlarning qarorlariga ko'ra yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


23:50. Bektemirga Olimpiadaning kumush medali topshirildi.


23:47. Taekvondochimizning jangi boshlangan.


23:42. Dmitriy SHokinning chorak final jangi boshlanmoqda!


23:35. Bektemirda 20 yoshidayoq Olimpiada va jahon chempionatining kumush medallari bor. Keyingisi oltin bo'ladi nasib qilsa!


23:24. Bektemir kubalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal sohibiga aylandi. Mayli, shunisiga ham shukr...


23:20. Afsuski, dastlabki ikki raund raqib foydasiga xal bo'ldi... Exx xakamlar, xakamlar....


23:10. Jang boshlandi!


23:05. Endi navbat finalga! Kuzatamiz!


22:55. Ayni paytda -56 kg vazn toifasidagi bokschilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. Hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga bu marosimda bronza medali topshirildi. Murodjonni yana bir bor tabriklab qolamiz!


22:22. Boks bahslari boshlangan. Bektemirning final jangi esa soat 23:00ga rejalashtirilgan.


22:00. Bir soatdan so'ng Bektemir Meliqo'ziev Olimpiada chempionligi uchun kubalik Arlen Lopesga qarshi ringga chiqadi! Kutamiz!


21:45. Qizlarimiz finalga chiqadigan 8 ta terma jamoa qatoridan o'rin ola bilmadilar... O'zbekiston terma jamoasi ushbu saralashda 12-o'rinni egalladi.


21:25. Gimnastikachilarimiz ikkinchi chiqishda 16,750 bal to'plashdi. Ammo, bu natija finalga chiqish uchun kamlik qilsa kerak. Qolganlarning natijasini kutamiz.


21:21. Ayni paytda esa gimnastikachi qizlarimiz o'z chiqishlarini namoyish etmoqdalar.


21:20. Eslatib o'tamiz, bugun 23:00 da bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev kubalik bokschiga qarshi final jangini o'tkazsa, 23:45 da taekvondochimiz Dmitriy SHokin ham kubalik raqibga qarshi jang qiladi.


21:10. Birozdan so'ng mashqlarni bajarish navbati bizning qizlarga keladi.


20:40. Endi qizlarimiz ikkinchi dasturda chiqish qiladilar.


20:00. Gimnastikachilarimiz birinchi chiqishdan so'ng 14,416 bal to'plagan holda 14 ta mamlakat ichida 13-o'rinni egallab turibdilar... So'ngi o'rinda esa amerikaliklar.


19:00. Endi u chorak finalda kubalik sportchiga qarshi jang qiladi.


18:52. Ikkinchi raund ham hamyurtimiz foydasiga 7:2!


18:48. Birinchi raund SHokinning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.


18:45. Hamyurtimizning jangi boshlandi! Olg'a, Dima!


18:40. Birozdan so'ng taekvondochimiz Dmitriy SHokin ilk jangini o'tkazadi!


18:33. Badiiy gimnastikada terma jamoamiz sharafini himoya qiladigan qizlarning ism-shariflari: Luiza Ganieva, Zarina Qurbonova, Marta Rostoburova, Samira Amirova va Valeriya Davidova.


18:30. Bizning sportchilar to'qqizinchi bo'lib o'z chiqishlarini namoyish etadilar. Hozircha, oltinchi tartib raqamdagi Rossiya terma jamoasi chiqish qilmoqda.


18:15. Badiiy gimnastikada jamoaviy bahslar start oldi. Bu musobaqada bizning qizlar ham ishtirok etishlari kutilmoqda.


17:26. Poygani juda yaxshi boshlagan vakillarimiz afsuski, kuchni to'g'ri taqsimlay olmadilar. Sportchilar finishga etib borishdi. Bizning shovvozlar finishga eng so'nggi bo'lib etib kelishdi...


17:22. Boshlandi!


17:00. Sportchilarimizning ishtiroklariga oz vaqt qoldi.


16:25. Bizning sportchilar ikkinchi yo'lakda startga chiqadilar.


16:00. Hamyurtlarimizning bugungi ishtiroklariga kanoechilarimiz Gerasim Kochnev hamda Serik Mirbekovlar 1000 metrga eshkak eshish bahslarida finalga chiqadilar. Ularga ushbu finalda Vengriya, Ukraina, Germaniya, Braziliya, CHexiya, Kuba va Rossiyadan tashrif buyurgan sportchilar raqiblik qiladilar. Agar bizning azamatlar ushbu poygada kuchli uchlikka kira olsalar, bugungi dastlabki medalimiz naqd bo'ladi!


14:50. Bugun quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladilar:


Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov - (Kanoeda eshkak eshish, juftlik, final) - 17:22

Badiiy gimnastika terma jamoamiz - saralash - 18:00

Dmitriy SHokin - (Taekvondo, saralashdan finalgacha) - 18:45

Bektemir Meliqo'ziev - (Boks, final) - 23:00

Svetlana Radzivil - (Engil atletika, balandlikka sakrash, final) - 04:30



14:45. Assalomu alaykum. Rio Olimpiadasida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlar berishni boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

+4   
20 avg 14:57:53
Baxtiyor_Nazarov_Tta
DMITRIY SHOKIN O'Z NOMIGA YARASHA RAQIBLARNI SHOKKA TUSHIRIB G'ALABA QOZONSIN!!! OLTIN MEDAL OLISHI KERAK!!!
+3   
20 avg 23:23:50
kakand siti
Mayli blok bo"sam mayli enasini eshshak s..... gandon sudyalarni. Biron bir inson bormi rahbarladan alimpiya qo'mitasiga arz qilgani
+3   
20 avg 21:44:23
ellboy
Бизнинг шоввозлар финишга энг сўнгги бўлиб етиб келишди... daxshat chiqipti lekin
+2   
21 avg 01:31:57
Ilhom
Ex Shokin chichib qöyding. Sendan xalqning umidi katta edi. Ex afsus
+2   
21 avg 00:58:20
Ibo7878
Бектемир и Шахрам тактикани курбонига айланишди.
Ёшде. Кизиккон. Секундантлари тактикани тугри танлашганда жанг бошкачарок тус оларди.
Менимча. Яъни, секинрок бир оз химоявий тактика дегандек..
Хушшш...майли нима булганда хам боксерларимизни хаммасига рахмат...
Так держааааааттттььь...
+2   
21 avg 00:07:50
umatillayev
Bektemir katta rahmat sen haqiqiy zo'r jang qilding. Otangga rahmat do'stim. Senga bir gap: tashla havaskorni. Olimpiya kumush medali katta natija. Endi proffga o'tsangam bo'ladi. Men ishonib aytaman hozirgi 7 ta sovrindorlarimizdan profga eng mos tushadigani sensan va manimcha katta yutuqlarni qo'lga kiritasan. Yasha O'zbek!
+2   
20 avg 23:26:31
Ronolduuu
Xakamlar sotilgan ifloslar tfu sanlaga
Melkuziyev g'alaba qozongandiku
+1   
21 avg 01:49:46
AlexiS_DaN
Шокинни 1чи ракамли таэквондочи деб эшитганман, жангларини биринчи бор томоша килдим, хеч кандай кучлиликни курмадим, оддий таэквондочи, нимани эвазига рейтингда биринчи билмадим...Куп нарса кутган эдим, аник айтсам олтин медал, афсус
+1   
21 avg 00:07:13
WalveRine-_-6
Bektemir oltinga yarasha jang qildi. lekin yana usha hakamla...
+1   
20 avg 23:39:59
shohrux mardonov
haqiqatdan birinchi raund bizniki edi hakamlar o'yinni buzdi
+1   
20 avg 23:25:46
Ilhom
Raxmat senga Bektemir. Ota onangha raxmat. Sen bilan faxrlanamiz
+1   
20 avg 23:24:49
kakand siti
Mayli blok bo"sam mayli enasini eshshak s..... gandon sudyalarni. Biron bir inson bormi rahbarladan alimpiya qo'mitasiga arz qilgani
+1   
20 avg 23:23:35
kakand siti
Mayli blok bo"sam mayli enasini eshshak s..... gandon sudyalarni. Biron bir inson bormi rahbarladan alimpiya qo'mitasiga arz qilgani
+1   
20 avg 23:23:22
kakand siti
Mayli blok bo"sam mayli enasini eshshak s..... gandon sudyalarni. Biron bir inson bormi rahbarladan alimpiya qo'mitasiga arz qilgani
+1   
20 avg 23:23:14
oddiy_futbol_fanati
Haromxo'r hakamlar... He sanlani...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing