So’nggi yangiliklar

18:46Нурмагомедов янгиланган UFC рейтинги пешқадами 0 18:25Холмурод Нурматов: "Буни мағлубият демаган бўлардим, камида дуранг берилса бўларди" 0 17:39Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусановнинг ҳолати ҳақида гапирди 0 17:18Манамада Осиё оғир атлетика федерацияси ижроия қўмитаси йиғилиши бўлиб ўтди 0 16:57Ислам Махачев UFC 322 олдидан Делла Маддаленанинг маҳоратини юқори баҳолади 0 16:36"Аввалига жаҳлим чиқди. Лекин..." Ган Аспиналл билан жанг ҳақида гапирди 0 16:15Шомуродов Туркия Суперлигасида тур рамзий жамоасидан ўрин олди 0 15:54"Умид қиламанки, Усик сўзида туради" - Фрэнк Уоррен 0 15:33Абдураҳмон Фозиловнинг LFA Лигасидаги дебют жанги санаси ва манзили маълум (ПОСТЕР) 0 15:12"Бу сир эмас". Махачев Маддалена билан жанг олдидан Хабиб қандай маслаҳат берганини айтди 0 14:51"Барселона" МЮга керак бўлмай қолган яна бир футболчининг трансферига 70 млн евро сарфлашга тайёр 0 14:30Ўн нафар боксчимиз ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинлари 1/2 финалига йўл олди 0 14:09Менежер Исроил Мадримовнинг ҳолати ҳақида хабар берди 0 13:48Энг ками Нурмагомедовда?! UFC 321 турнири иштирокчиларининг гонорарлари маълум 0 13:27МЮ ва "Челси" қизиқаётган футболчининг нархи 120 млн фунт этиб белгиланди 0

10 avg 15:20
Yangiliklar

Dzyudo, Engil atletika, Boshqalar, Tokio-2020

Rio-2016. Avvaliga hayot uchun kurash, endi esa medallar uchun... (Qochoqlar terma jamoasi haqida)

Teglar :  QochoqlarRio-2016
Yodingizda bo'lsa, Olimpiada ochilish marosimida stadion bo'ylab barcha mamlakat sportchilari qatorida, qochoqlar olimpiya terma jamoasi ham yurib o'tgandi.

Olimpiya o'yinlari tarixida ilk marotaba qochoqlar terma jamoasi ishtirok etadi. Xo'sh, ushbu terma jamoa sharafini qaysi sportchilar himoya qiladilar?

Popole Misenga - kongolik dzyudochi. 2013 yilgi JCH vaqtida qochib, Braziliyadan qo'nim topgan.



Ayni paytda u 24 yoshda. Onasi urush vaqtida halok bo'lgan, akasi esa izsiz yo'qolgan. Urushlardan bezigan Popole 7 yoshlik vaqtida o'z mamlakatidagi o'rmon orqali qochishga uringan.

U ikki karra Afrika chempioni. 2013 yili jahon chempionatiga borganida murabbiy uni va yana 3 nafar sportchini mehmonxonada pul va ovqatsiz 4 kunga qoldirgan. O'shanda ular qochib, boshpana so'rashgan.


Yolande Mabika - Popole bilan birga 2013 yili qochgan. 18 yil oldin, qizaloq 10 yosh bo'lgan vaqtida Kongodagi urushlardan qochib ketgan va o'shandan beri oilasini ko'rmagan.


Yolande o'zini sportga bag'ishlagan. Qochoqlar lagerida dzyudoni o'rgangan. Kongoda xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etgan. Agar u musobaqalarda yomon qatnashadigan bo'lsa murabbiy uni 2 haftaga qamab qo'yardi...


18 yoshli Yusra Mardini suzishni hayotining asosiy qismi deb hisoblaydi.

U Suriyada singlisi bilan birga suzish bilan shug'ullangan. Bazida esa bombalar sabab mashg'ulotlar o'tkazishga imkon bo'lmay qolardi. Kunlardan bir kuni uning Damashqdagi uyini portlatib yuborishdi. Qizcha esa Germaniyaga qochib ketadi.


Rami Anis (chapda) va Yusra Mardini (o'ngda) Turkiya va Suriyadagi urushlardan qochib, Evroittifoq hududiga borganlar


Qochish oson bo'lgani yo'q. Kemada ketayotgan mahal birdan...motor buzilib qoladi. Kemadagi opa-singillar va yana ikki kishi suvga tushib kemani qirg'oqqacha olib borgandilar o'shanda... Suv juda sovuq, o'sha vaqti uning butun hayoti ko'z oldidan o'ta boshladi. Lekin, buni amallay olmaslik suzuvchi uchun uyat edi. Uch soat deganda ular kemani Lesbos qirg'oqlarigacha olib borganlar.

"Menga farqi yo'q edi: suvda cho'kish... o'z yurtimda shundoq ham o'lib ketishimga oz qolgandi", - deya eslaydi Yusra.

Ular Lesbosdan 25 kun ichida Germaniyaga etib bordilar va Berlindagi qochoqlar lageriga borib joylashdilar.



Anjeline Nadai Loasis. 21 yosh. O'z vaqtida Janubiy Sudandan qochib ketgan.


"Atrofdagilar juda beshavqat edilar. Biz muntazam ravishda qochib yurardik", - deydi u. Olimpiadada 1,5 km ga yugurish bahslarida ishtirok etadi.


Umumiy hisobda 10 ta qochoq sportchi ushbu Olimpiadada qatnashadi. Ularning tayyorgarligi uchun XOQ sharoitlar yaratib bergan. 43 nafar davogar ichidan ushbu 10 nafar sportchi tanlab olingan.

Terma jamoa ro'yxati:



Ularning asosiy qismi Keniyadagi qochoqlar lagerida, qolganlari Braziliya va Germaniyadan kelgan. Barchasida rasman qochoq statusi bor.

"Ular ham qolgan sportchilar singari Olimpiya shaharchasida istiqomat qiladilar. Jamoa dunyodagi barcha qochoqlar uchun umid ramzi bo'ladi", - degandi XOQ prezidenti Tomas Bax.



So'nggi 7 oy davomida ular professional sportchilar bilan birga shug'ullanishdi. 5 nafari Janubiy Sudanda taniqli keniyalik engil atletikachi Tegla Lorupe qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazishdi. Aynan ushbu uch karra Olimpiya chempioni qochoqlarni Olimpiadaga tayyorlash missiyasi rahbari sifatida faoliyat olib bordi.

"Meni bu erda ona deb chaqirishadi. Endi men 10 nafar sportchining onasiman. Futbol jamoasi tuzish uchun yana ozgina vaqt etmayapti. Ularning otasi kim ekanligini ahamiyati yo'q. Omad sizlarga sportchilarim. Sizga kuch-quvvat bersin", - deydi u.


Horijiy saytlar asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
10 avg 23:02:22
Feyajolk
MEDAL OLISHSA ZO'R BO'LARDI
   
10 avg 18:52:50
Pakhtakor 1956
Omad yor bõlsin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing