10 okt 15:35
Yangiliklar

Janibek Alimxanuli keyingi jangi uchun shartnoma imzoladi, raqib aniq!
Janibek bu yo'lda 42 yoshli WBA yo'nalishi chempioni Erislandi Laraga qarshi ringga ko'tariladi.
"Biz barcha qozog'istonliklar uchun tarixiy va uzoq kutilgan jang uchun shartnoma imzoladik, bu jang o'rta vazn toifasida bo'ladi. Promouterlik kompaniyalari yaqin kunlarda bu haqda rasman elon qilishadi. Bizni ajoyib shou kutmoqda. Asosiy maqsadimiz – to'rtta kamarni birlashtirishning yarim yo'lidamiz. Iloji boricha, biz tarix yozamiz. Bu yo'lda qattiq mehnat qilyapmiz. Mehnatimiz samarasini ko'radigan kun uzoq emas. Men sizni xursand qilishni va bu ajoyib yangilikni oldindan baham ko'rmoqchi edim!", dedi Alimxanuli.
Avvalroq, Boxing Scene nashri Janibek Alimxanuli va Erislandi Lara ishtirokidagi jang 6 dekabr kuni AQSHning Texas shtati, San-Antonio shahrida o'tkazilishi haqida xabar bergandi.
Fikrlar