21 avg 06:15
Yangiliklar
Rio-2016. Braziliya futbol bo'yicha olimpiada chempioni!
Erkaklar jamoalari o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida Germaniya hamda musobaqa mezbonlari o'zaro to'qnash kelishdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida 1:1 hisobi qayd etildi.
Penaltilar seriyasida esa omad braziliyaliklarga kulib boqdi. 5:4 hisobida g'alaba qozongan Braziliya terma jamoasi Rio Olimpiadasi chempioniga aylandi.
Rio-2016. Olimpiada. Final.
BRAZILIYA (U-23) – GERMANIYA (U-23) 1:1 (Penaltilar seriyasi: 5-4)
Rio-de-Janeyro. “Marakana” stadioni
Gollar: 1:0 – 27 Neymar, 1:1 – 59 Mayer.
Braziliya U-23 – Ueverton, Markinos, Duglas Santos, Ze Karlos, Rodrigo Kayo, Uolas, Renato Augusto, Luan, Gabriel Jezus (Rafinya, 95), Neymar, Gabriel (Felipe Anderson, 70).
Germaniya U-23 – Xorn, Ginter, Klostermann, Tolyan, Zyule, Mayer, Bender, Brandt, Bender (Premel, 67), Gnabri, Zelke (Petersen, 76).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.
Ogohlantirishlar: Ze Karlos (30), Gabriel (44), Zelke (49), Premel (80), Bender (81), Zyule (89).
Fikrlar