03 avg 12:58
Yangiliklar
Tokio-2020
Rio-2016. Bu safar O'zbekiston tarkibida necha nafar debyutant bo'ladi?
Braziliya Olimpiadasida 70 nafar sportchimiz ishtirok etadi.
Alisher Nikimbaevning feysbukdagi sahifasida malum qilishicha, 70 nafar sportchi orasida 46 nafari ilk marotaba Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi. SHu tariqa, Olimpiadada qatnashgan o'zbek sportchilari soni 274 nafarga etdi.
Ekatirina Xilko uchun ushbu Olimpiada beshinchisi bo'lsa, Oksana CHusovitina ettinchi marotaba to'rt yillikning eng muhim o'yinlarida ishtirok etadi. Biroq, Oksana CHusovitina bir marotaba MDH, bir marotaba Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Abdullo Tangriev esa to'rtinchi marta Olimpiadada o'z omadini sinab ko'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar