So’nggi yangiliklar

19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0 16:21Светлана Осипова ва Диёрбек Тўхлибоев ҳам Осиё чемпионати шоҳсупасига кўтарилди 0 16:00Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз учун қуръа қандай келди? 0 15:39Модрич "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди 0 15:24Баҳодир Жалолов Россиядаги турнир финалида Лазизбек Мулложонов билан жанг қилди! 0 15:18Анвар Анваров Кипрда кумуш медаль соҳибига айланди 0 14:57Стол тенниси. Қизларимиздан ҳеч ким Париж-2024 Олимпиадасига бормайди, йигитларда имконият бор 0 14:36Жасурбек Жайсунов - икки карра Осиё чемпиони! 0

17 avg 03:07
Yangiliklar

Boks/MMA, Engil atletika, Og'ir atletika, Eshkak eshish, Voleybol, Tokio-2020

Rio-2016. O'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroklari yakunlandi

Rio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarning ishtiroklarini ushbu sahifada onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


03:00. Afsuski, bokschimiz britaniyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi...


02:45. Bahodirning jangi boshlandi! Olg'a, Jalolov!


02:20. Birozdan so'ng Bahodir Jalolov ringga chiqadi.


02:10. Og'ir atletikachilarimiz Rustam Jangibaev hamda Sardorbek Do'stmurodovlar B guruhi bahslarida ishtirok etdilar. Jangibaev yakunda 432 kg natija bilan B guruhida birinchi bo'lgan bo'lsa, Sardor 411 kg natija ko'rsatdi va uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Endi navbat A guruhi sportchilariga. A guruhida tabiiyki kuchli sportchilar yig'ilgan. Ammo, Jangibaevning natijasi ham chakki emas. Umid qilamizki, u A guruhi bahslari yakuniga ko'ra ham u kuchli uchlikda qoladi :)


01:48. Ajoyib! Bokschimiz ilk raunddayoq raqibini nokautga uchratdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu yana kamida bronza degani o'rtoqlar! Barakalla, Murodjon!


01:45. Ahmadalievning argentinalik raqibiga qarshi jangi boshlandi!


01:00. Yana 45 daqiqadan so'ng Murodjon Ahmadaliev jangga chiqadi.


20:40. G'ALABAAAAAAAAAAA. Fazliddin yarim finalda!!!!


20:39. Uchinchi raundda jang ancha keskin kechdi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi. O'rtaga bronza medali tikilgandi. Hakamlarni kutamiz


20:36. Hakamlarning ikki nafariz Fazliddinga, yana biri Rasselga g'alabani taqdim etdi.


20:35. Ikkinchi raund yakunlandi. Natijani intizorlik bilan kutamiz


20:33. Ikkinchi  raund teng kurashlar ostida davom etyapti. Bu raundni ham yutish kerak. SHunda uchinchi raundni bemalolroq o'tkazish mumkin


20.31. Birinchi raundda g'alaba, Fazliddin, shu tarzda davom et


20.29. Birinchi raund yakunlandi. Natijani kutamiz. Bizning foydamizga bo'lishi kerak.


20:23. Bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov ishtirokidagi jang boshlandi. Uning chorak finaldagi raqibi amerikalik Garri Rassel.


18:07. Mochalov ushbu bahsda to'rtinchi bo'lib finishga etib bordi va umumiy hisobda Olimpiadada 12-o'rinni egalladi.


17:30. Endi baydarkachimiz Aleksey Mochalov 9-16 o'rinlar uchun kurash olib boradi.


17:13. Afsuski, sportchimiz finishga ettichi bo'lib etib bordi va Olimpiadada ettinchi o'rin bilan kifoyalandi...


17:00. Birozdan so'ng hamyurtimiz Gerasim Kochnev 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarining finalida startga chiqadi.


16:15. Bugun quyidagi sportchilarimiz Braziliya arenalarida O'zbekiston sharafini himoya qiladilar:

Gerasim Kochnev - (Kanoeda eshkak eshish, final) - 17:08

Aleksey Mochalov - (Baydarkada eshkak eshish, 9-16 o'rinlar uchun) - 18:12

Valentina Kibalnikova - (Engil atletika, 100 metrga to'siqlar osha yugurish, saralash) - 19:40

Fazliddin G'oibnazarov - (Boks, chorak final) - 20:15

Murodjon Ahmadaliev - (Boks, chorak final) - 01:45

Bahodir Jalolov - (Boks, chorak final) - 02:45

Sardorbek Do'stmurodov - (Og'ir atletika) - 23:30

Rustam Jangibaev - (Og'ir atletika) - 23:30

Yuliya Tarasova - (Engil atletika, uzoqlikka sakrash, saralash) - 05:05



16:10. Assalomu alaykum hurmatli ishqibozlar. Sportchilarimizning Olimpiadadagi ishtiroklaridan matnli translyaciya olib borishni boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
17 avg 03:25:17
AlexiS_DaN
Элшод Расулов, Баходир Жалолов, Хуршид Тожибоев бокс бахсларида умуман характер курсата олишмади) киз боксчимиз Ёдгорой Мирзаевагина хурмат сазовор маглуб булган боксчиларимиз орасида)
+1   
17 avg 03:24:48
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Haqiqatdan ham Elshod Rasulov va Bahodir Jalolovlar umuman termaga tortmaydi!!! Mag'lub bo'lsa ham Xurshid Tojiboyev, Yodgoroy Mirzayeva yaxshi harakat qilgandi!!! Ular mamlakatimiz yuzini yerga qaratdi!!!
+1   
16 avg 22:22:24
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Bugun Og'ir atletikachilarimiz Do'stmurodov va Jangabayev B finalida qatnashadi. Shunday bo'lsa ham murabbiylarimiz B finalida bo'lsa ham medalga urinamiz deb aytib o'tdi. Ularga omad tilaymiz, olg'a paxlavonlar!!!
+1   
16 avg 22:16:47
elshodbek
2:13Ajax AmsterdaamЭнди навбат Муроджон ва Баходирга!!! Худо хохласа бугун учта боксчимиздан учта медаль нахд!!! Спортчиларимиз катта мехнат евазига,куп нарсадан воз кечиб,дунёнинг нариги бурчагида юртимиз довругини ёйаётган бир пайтда биз мухлислар азгина асаб толаси ва уйкудан воз кечсак кечибмиз!!! Вперёд Узбекистан!!!@@@@@@@@@@@@YASHANG...
+1   
16 avg 22:16:19
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Bugun Bahodir Jalolovga ham omad!!! Britaniyaga bizni aytar so'zimiz bor!!! Roysni yutishi kerak, Elshod uchun ham yutishi kerak!!!
+1   
16 avg 21:58:29
rio2016uzb
BUGUN HAM KECHADEK UXLASH YUQ BUDULNIKI QUSHAMIZ BU JANGNI UTKAZIB YUBORIB BULMAYDI AHIR MEDAL MASALASI HAL BULYAPDI AZIZLAR
+1   
16 avg 21:57:16
shohrux mardonov
Medallarimiz 9 ta bo'ldi bugun yana ikkita boksyor yarim finalga chiqsa 11 ta bo'ladi.
+1   
16 avg 21:56:48
shohrux mardonov
Medallarimiz 9 ta bo'ldi bugun yana ikkita boksyor yarim finalga chiqsa 11 ta bo'ladi.
+1   
16 avg 21:54:01
barsuz
Bugungi ogir atletikachilarimiz B guruhida qatnashsa medalga uynalmaydimi iltimos adminlar yozvoriylar
+1   
16 avg 17:07:03
Jamshidbek
Bektemir juda tartibli jang olib borarkan Manga uni uslubi Yoqdi Xudo xoxlasa u xam Oltin medal oladi
+1   
16 avg 16:34:15
dilshod0807
Kechasi 03 00 da bulganligi sababli kurolmadik. Iltimos!!!!!
+1   
16 avg 16:33:29
dilshod0807
Adminlar bektemirni jangi videosini saytga joyladhtirilar ertalabdan beri xech qsysi saytda joylashtirilmadi.
   
17 avg 15:46:04
UZBEK
Ertangi baxslarda omad tiliman
   
17 avg 11:15:27
Feyajolk
shaxram faqat o'zng uchun emas ota-onang uchun, qarindosh urug'ing uchun, mahallang uchun HAAAAAA VATANING KURASH . birinchi janggingdan so'ng men "shaxram hozircha sen bilan butun O'zbekiston faxrlanadi" degan edim .... ANA ENDI BIR UMR HAR QANDAY O'ZBEK BIZDA ANA SHUNAQA BOKSCHI BOR DEB YURISHSIN...
RONALDU FUTBOLDA BITTA...
SEN HAM BOKSDA YAGONA BO'L !!!!!!!
OLG'A DO'STIM BARCHASI VVVVVVAAAAATTTTTTAAAAANNNNN UCHUN ... FAQAT OLG'A
   
17 avg 10:48:41
Feyajolk
kelajak latifasi :------>>> yosh rus bola dadasiga: dada katta bo'lsam sportchi bo'lib olimpiada chempioni bo'moqchiman.
dadasi: chempionlikni orzu qilishing yaxshi ammo qaysi sportni tanlaysan?
bola: bokschi bo'lmoqchiman...
dadasi: haaa o'g'lim buni foydasi yo'qda ...
bola: nega?
dadasi: butun boksni o'zbeklar egallab olgan . sen yaxshisi dzyudo bilan shu'gullan..!
qanday chiqibdi .... o'zim to'qidim....
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing