17 iyu 19:05
Yangiliklar
RIOga yana bir yo'llanma Qo'qondan
Rio yo'llanmasini engil atletikaning 10 000 metrga yugurish yo'nalishida Qo'qonlik engil atletikachi Ekaterina Tunguskova qo'lga kiritdi. Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan musobaqada Katya 10 000 metrga 32-13-08 natija bilan etib keldi. Bu ko'rsatkich Ekterina Tunguskovaga RIO Olimpiadasi yo'llanmasini taqdim qildi.
Bu masofada endi Ekaterina Tunguskova va Sitora Hamidova birgalikda Rio-de-Janeyroda Vatanimiz sharafini jimoya qiladi.
28 yoshli engil atletikachimiz bu kungacha xam ko'plab xalqaro musobaqalarda ishtirok etib anchagina yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etgan. U murabbiy Abbosxon Xolmatov boshchiligida musobaqalarga tayyorgarlik ko'radi.
Yaqinlashib kelayotgan 4 yillikning eng yirik musobaqasida qo'qonlik kamtarin sportchi qiz Ekaterinaga omad tilaymiz. Biz senga ishonamiz Katya!
Akramjon Mamadaliev
Fikrlar