21 dek 10:00
Yangiliklar
Rishar Gaske Nadalning holati qanday ekanligini aytdi
Sobiq tennischi Rishar Gaske ATP reytingi sobiq peshqadami Rafael Nadalning darajasi haqida gapirdi.
U turlarga qaytishga yaqin turgan Rafa bilan mashg'ulot o'tkazdi.
"U hali vaqt kerakligini aytdi, biroq menga unda og'riqlar yo'qdek tuyuldi. 2024 yilda u yaxshi o'ynaydi, raqobatbardosh bo'ladi, bunga shubha qilmayman.
Bu Avstraliyami, mart yoki aprelda bo'ladimi, bilmayman. U g'alabali yo'lda bo'ladi, bunga ishonaman.
U 3 soatlab mashg'ulot o'tkazmoqda. Demak, shuncha o'ynay olishi ham mumkin", - dedi Gaske.
Havola :
Manba : atptour.com
Fikrlar