21 noy 07:43
Yangiliklar
Riyod-2025: Kechagi murosasiz bellashuvlarda 11 ta medal qo'lga kiritdik + FOTO
Murosasiz kechgan bellashuvlarda O'zbekiston sport delegaciyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza, jami 11 ta medalga ega chiqdi. Engil atletikachimiz Anvar Anvarov uzunlikka sakrash sektorida raqiblarini sezilarli tarzda ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Qilichbozlikning erkaklar o'rtasidagi jamoaviy rapira, ayollarda jamoaviy shpaga bahslarida terma jamoamiz shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Kechagi kun qahramonlari:
Oltin medallar
- Anvar Anvarov (engil atletika, uzunlikka sakrash)
- Qilichbozlik, jamoaviy rapira (erkaklar)
- Qilichbozlik, jamoaviy shpaga (ayollar)
Kumush medallar
- Svetlana Oqnazarova (ayollar kurashi, -68 kg)
- O'g'iloy Norboeva (engil atletika, ko'pkurash)
- Qilichbozlik, jamoaviy sablya (ayollar)
- Qilichbozlik, jamoaviy sablya (erkaklar)
Bronza medallar
- Nataliya Semyonova (para engil atletika, nayza uloqtirish)
- G'ulomjon Abdullaev (erkin kurash, -57 kg)
- Umidjon Jalolov (erkin kurash, -65 kg)
- Nigina Sobirova (ayollar kurashi, -62 kg)











Fikrlar