23 may 07:52
Yangiliklar
"Rolan Garros". Kudermetova asosiy to'rga yo'llanma taqdim etgan final bahsida kortga chiqdi
Saralash turnirida 16-raqam ostida tasniflangan Kudermetova ilk davrada niderlandiyalik Anuk Koevermansni 6/1, 7/5(5), 1/2 final uchrashuvida bolgariyalik Viktoriya Tomovani 7/6(2), 6/7(5), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Afsuski, u asosiy to'rga yo'llanma taqdim etgan saralashning final uchrashuvida xitoylik Van Siyuyga kutilmaganda 3/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, nufuzli turnirdagi ishtirokini yakunladi. To'qson daqiqa davom etgan bahsda Polina eys zarbasini amalga oshira olmadi, qo'shxatolari 4 tani tashkil qildi. Vanda 1 ta eys zarba bo'ldi, qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan birinchi uchrashuvi bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Polina WTA reytingida 125, Van Siyuy 148-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar