09 iyu 21:33
Yangiliklar
"Rolan Garros". Novak Jokovich va Karlo Alkaras o'rtasidagi yarim final bahsi 4 set davom etdi
Biroz oldin erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarining ilk yarim final uchrashuvi yakunlandi. Unda dunyoning birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Karlos Alkaras ATP reytingida uchinchi o'rinda borayotgan serbiyalik Novak Jokovichga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuv uch soat-u, o'n besh daqiqa davom etdi va yakunda Novak Jokovich 6/3, 5/7, 6/1, 6/1 hisoblarida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Qayd etish joiz, Alkaras uchrashuvning uchinchi setida oyog'idan jarohat oldi va shunga qaramasdan, o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
Uchrashuv davomida Alkaras uch bor, Jokovich esa 8 marotaba eys amalga oshirdi. Qo'shxatolar bo'yicha ham Jokovich ustun (2:3).
Malumot uchun, bu tennischilar uchun o'zaro ikkinchi o'yin bo'ldi. Avvalgi uchrashuvda Alkaras Jokovichni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Birozdan so'ng boshlanadigan ikkinchi yarim final bahsida germaniyalik Aleksandr Zverev Norvegiya vakili Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar