20 may 10:11
Yangiliklar
"Rolan Garros". Polina Kudermetova 1/2 finalga chiqdi
Saralash turnirida 16-raqam ostida saralangan Kudermetova ilk davrada niderlandiyalik Anuk Koevermansga qarshi bahs olib bordi. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Polina raqibasini 6/1, 7/5(5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Polina WTA reytingida 125, Anuk 158-o'rinni egallab turibdi. Tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvida ham Kudermetova zafar quchdi. Vakilamiz bahs davomida 3, niderlandiyalik 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada ko'proq bo'ldi - 5 ga 4.
Bugun Polina Kudermetova saralashning 1/2 finalida dunyoning 161-raketkasi bo'lib turgan bolgariyalik Viktoriya Tomovaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:00ga belgilangan.

Fikrlar